19:21 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
31110

Qirgʻiziston maxsus xizmat xodimlari “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti yetakchilaridan birini qoʻlga oldi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Qirgʻiziston maxsus xizmat xodimlari “Hizb ut-Tahrir”* ekstremistik tashkilot yetakchilaridan birini qoʻlga oldi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston respublika milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga asosan xabar qildi.  

“Qirgʻiziston MXDQ tezkor qidiruv tadbir davomida Bishkekda qoʻshni respublikalardan birining fuqarosi boʻlgan “Hizb ut-tahrir” guruhi “amiri” boʻlgan fuqaro “SH.T.”ni qoʻlga oldi. U Qirgʻizistonda yashirin ekstremistik guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shugʻullangan”, - deyilgan maxsus xabarnomada.

Taʼkidlanishicha, qoʻlga olingan shaxs qoʻshni respublikada xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan.

“SH.T. qalbaki pasportdan foydalangan holda yashirinib yurgan va Qirgʻiziston hududida ekstremistik faoliyatini olib borgan”, - deyilgan idorada.

Jinoiy qoʻzgʻatilib, fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular