13:00 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
355 0 0

Turkiya prezidenti “Islom davlati”* rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyning rafiqasi qoʻlga olinganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 noyab - Sputnik. Turkiya xavfsizlik kuchlari Suriyada “Islom davlati”* rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyning rafiqasini qoʻlga olishdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdoʻgʻon bayonot berdi.

“Al-Bagʻdodiy tunnelda oʻz joniga qasd qildi. Biz Suriyada uning xotinini qoʻlga oldik. Lekin bu borada hech qanday shov-shuv koʻtarmadik. Men hozir ilk bir bu haqda maʼlum qilyapman. Biz yana uning singlisi va uning erini ushladik”, - deya Erdoʻgʻon soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

AQSH prezidenti Donald Tramp 27 oktyabr kuni al-Bagʻdodiy yoʻq qilinganini maʼlum qildi. “ID”* yetakchisi  AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yoʻq qilingan. Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Rossiyaning amerikalik harbiylar al-Bagʻdodiyni yoʻq qilish boʻyicha “navbatdagi” operatsiyani oʻtkazganligi haqida ishonchli maʼlumotlari yoʻqligini maʼlum qildi. Amaq nashri oʻz navbatida “ID”* oʻz rahbari yoʻq qilinganini tasdiqlagani haqida xabar tarqatdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular