19:25 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
175 0 0

Bosh prokuratura bayonotiga koʻra, jurnalistni "Urganch-Xiva" yoʻlining 4-kilometrida "Gazel" rusumli avtomashina urib ketgan

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi "Jamiyat" gazetasining Xorazm viloyati muxbiri, taniqli jurnalist Davlatnazar Roʻzmetov oʻlimi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilgan.

"Agentligimiz nomidan marhum jurnalistning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz", - deyiladi xabarda.

Davlatnazar Roʻzmetov baxtsiz hodisa tufayli bevaqt vafot etganligi aytilmoqda.

Xususan, Bosh prokuratura bayonotiga koʻra, hodisa 6 noyabr kuni soat 23:55 larda roʻy bergan. Jurnalistni "Gazel" rusumli avtomashina "Urganch-Xiva" yoʻlining 4-kilometrida yoʻlni kesib oʻtayotganida urib yuborgan.

Siyosatchilar "bulgʻangan haqiqat uchun" jurnalistlardan qanday oʻch oladilar >>>

Natijasida Roʻzmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Asosiy mavzular