14:02 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
342 0 0

Kontrabandist davlat bojxonasidan yashirincha oʻtkazib boʻlingan mahsulotlarni aeroport turargohida avtouloviga yuklayotgan paytida qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. Shu kecha-kunduzda "Toshkent" xalqaro aeroportida mobil moslamalarning deyarli amalga oshirilgan kontrabandasi bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xabarga koʻra, xorijdan oʻzi bilan kontrabanda yukni olib kelgan fuqaro aslida oldindan kuzatuvda boʻlgan. Avtoturargohda turgan "Spark" avtoulovi yonida noqonuniy yoʻl bilan olib kirilgan telefonlarni yigʻib olayotgan vaqtida, tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Tekshiruv davomida shaxs avtomashinasida umumiy qiymati 140,5 million soʻmlik 11 dona "Irhone-11", 17 dona atir va elektron qoʻl soatlari mavjudligi aniqlangan.

Chegaradan ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari oʻzgaradi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Asosiy mavzular