Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi

Obuna bo‘lish
Ikki nafar Eron fuqarolari qalbaki Italiyaning fuqarolik pasportlari bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Eron fuqarolari qalbaki Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 3-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtga kelgan ikki kishining Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilgan va pasportlar qalbaki ekanligi aniqlangan.

© Press-slujba pogranichnix voysk Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (PV SGB) Uzbekistana.Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi
Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Eron fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

© Press-slujba pogranichnix voysk Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (PV SGB) Uzbekistana.Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi
Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi

Ta’kidlanishicha, ularga O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari vizasiz respublikaga tashrif buyuradigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0