22:57 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora

Oʻzbekiston IIV koreyalik "ishbilarmondan" jabr koʻrgan fuqarolarni qidirmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Hodisalar
Havola olish
230 0 0

Ayni vaqtda Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu ushbu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Koreya Respublikasi fuqarosi harakatlaridan jabr koʻrgan oʻzbekistonliklarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ilgariroq, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" MCHJ rahbarlariga nisbatan IIV qoshidagi Tergov departamenti tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi.

Xususan, "Kun.uz" xabariga koʻra, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" xorijda ishga joylashtirishga koʻmaklashish niqobi ostida tashkil etilib, jamiyatga murojaat qilgan 645 nafardan ziyod fuqarolarning har biridan 27 million soʻmdan 32 million soʻmgacha - jami 12 milliard soʻmdan ortiq pulni qoʻlga kiritgan va ushbu mablagʻlar MCHJ rahbarlari tomonidan shaxsiy manfaatlar yoʻlida sarflab yuborilgan.

Ayni vaqtda Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu ushbu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

IIV Koreya fuqarosidan jabr koʻrgan shaxslar boʻlsa, Tergov departamentining quyida keltirilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilishni soʻramoqda.

Asosiy mavzular