18:49 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
V Sergeliyskom rayone proizoshel krupnыy pojar

Sergelidagi yirik yongʻinni oʻchirishga 18 ta texnika jalb qilindi

Press-slujba Upravleniya pojarnoy bezopasnosti Tashkenta.
Hodisalar
Havola olish
295 0 0

“Sergeli kichik sanoat zonasi”da yirik yongʻin yuz berdi. Yongʻinni oʻchirishga ikki soatdan ziyod vaqt sarflandi.

TOSHKENT, 9 noya - Sputnik. “Sergeli kichik sanoat zonasi”da yirik yongʻin yuz berdi.

Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabariga koʻra, 08 noyabr kuni soat 17:52da Sergeli tumanidagi “Sergeli kichik sanoat zonasi” xududida joylashgan binoning 2-qavatidagi mebel va sintepon ishlab chiqarish tsexlarining ichki va tom qismi 1500 kv.m. maydonida yongan.

Yongʻindan binoning 15500 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlab qolingan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 17:57da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 19:46da qurshab olinib, soat 20:20da oʻchirilgan. Yongʻin joyiga 18 ta yongʻin oʻchirish texnikalari jalb qilingan.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Maʼlum qilinishicha, yongʻinda insonlarni halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Asosiy mavzular