18:32 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Turtsii

Nodira Qodirovaning oʻlimi har tomonlama va sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda – Turkiya elchisi

UPL
Hodisalar
Havola olish
401 0 0

Turkiya elchisi Anqara shahrida Nodira Qodirovaning oʻlimi bilan bogʻliq vaziyatga tushuntirish olish TIVga taklif qilindi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Dilshod Axatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Turkiya elchisi 23 sentyabr kuni Anqara shahrida Oʻzbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning oʻlimi bilan bogʻliq vaziyatga tushuntirish olish taklif qilingan.

Uchrashuvda elchi Oʻzbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov oʻtkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar oʻrganilayotganini aytgan.

Shuningdek, elchi tergov obʼyektiv olib borilishi, Oʻzbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari toʻgʻrisida xabardor qilinishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli oʻzbekistonlik Nodira Qodirova oʻz joniga qasd qilgan edi. Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Nodira Qurbonovaning fojiali oʻlimi bilan bogʻliq vaziyat oʻz nazoratida ekanligini maʼlum qilgan. Shirin Unal oʻzbekistonlik Nodira Qodirovaning oʻlimi haqida bosh prokurorga qanday koʻrsatma bergani OAVga maʼlum boʻlgan edi.

Asosiy mavzular