03:25 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
387 0 0

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari soxta pasport bilan mamlakat hududiga kirmoqchi boʻlgan Shri-Lanka fuqarolarini qoʻlga oldi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Bir guruh shaxslar qalbaki Malayziya pasporti bilan Oʻzbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlari xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 8 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida 6 nafar shaxs taqdim etgan Malayziya pasportlari tekshirilgan va qalbaki ekanligi maʼlum boʻlgan.

Tegishli organ vakillari oʻtkazgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, ularga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qalbaki pasport bilan Oʻzbekistonga kirishga uringan eronliklar qoʻlga tushgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular