18:17 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
draka

IIV Samarqanddagi ishchilar oʻrtasidagi ommaviy janjalga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Andrey Varenkov
Hodisalar
Havola olish
441 0 0

IIV ayrim ijtimoiy tarmoqlarda hodisani boʻrttirib koʻrsatish, mamlakat fuqarolarini millatchilikda ayblash hamda oʻzbek-turk munosabatlariga sovuqchilik tushirish maqsadida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. IIV Samarqanddagi ishchilar oʻrtasidagi ommaviy janjalga oydinlik kiritdi.

IIV rasmiy bayonotida qayd etilishicha,  ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, boʻlib oʻtgan voqeani boʻrttirib koʻrsatish, mamlakat fuqarolarini millatchilikda ayblash hamda oʻzbek-turk munosabatlariga sovuqchilik tushirish maqsadida boʻlib oʻtgan hodisaga goʻyoki “Turk ishchilari oshxonada ishlaydigan mahalliy aëlni zoʻrlaganligi oqibatida” yoki “Janjal mahalliy ishchilarning oʻzlari va turklarga ayni ish uchun berilaëtgan oyligidagi katta farqidan kelib chiqqan” degan vajlarni keltirish holatlari kuzatilgan.

Voqeadan bexabar ayrim fuqarolar esa ushbu vajlarga berilib, salbiy izohlarni tarqalishiga sababchi boʻlmoqdalar.

Surishtiruv jarayonida mazkur janjal 1996 yilda tugʻilgan Payariq tumani “Toxirshayx” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston fuqarosi S.P. “Agromir Bilding” MCHJ  yollagan quruvchi-montajchi bir nechta Turkiya fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa Oʻzbekiston fuqarolari aralashib, bir birlariga tan jarohatlari yetkazilgan.

Taʼkidlanishicha, qurilish ishlariga 1800 dan koʻp Oʻzbekiston hamda 200 dan oshiq Turkiya fuqarolari jalb etilgan.

Ushbu holat natijasida Turkiya fuqarolaridan toʻrt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari yengil tan jarohati olishgan.

Hozirda Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Turkiya fuqarolaridan 4 nafari jabrlanuvchi, 11 nafari janjalda ishtirok etgan faol guvoh tariqasida ushbu jinoyat ishiga jalb etilgan.

Shuningdek, 7 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida toʻliq aniqlik kiritiladi.

Xabarda holat yuzasidan Samarqand viloyati mutassadi xodimlari tomonidan ishchilar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borayotgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda ishchilar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi toʻgʻrisida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular