02:58 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Hodisalar
Havola olish
300 0 0

Yuk mashinasi urib yuborgan fuqarolardan biri olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, ikkinchisi esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Qoraqalpogʻiston respublikasi Amudaryo tumanida “Gaz 52” yuk mashinasi yoʻl qatnov qismining chetida oʻtirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, 9 noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi YE.A. mashinasini Amudaryo viloyati “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yoʻlining 727 kilometrda boshqarib ketayotib, yoʻl qatnov qismining oʻng chetida oʻtirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A. larni urib yuborgan.

Natijada B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda haydovchi gumon sifatida soʻroq qilingan

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular