Namanganda is gazi uch kishini hayotdan olib ketdi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyati Uychi tumani 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi. Voqea joyida xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi vafot etdi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Namangan viloyati Uychi tumani “Do‘stlik” MFY, Mirishkor ko‘chasidagi uyda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, mudhish hodisa bugun, 17-noyabr kuni soat 03:10larda sodir bo‘lgan. Voqea joyida xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi vafot etgan. Xonadon sohibi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Is gazidan saqlaning - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rinmas qotildan saqlaning

Gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani mazkur mudhish hodisaga sabab bo‘lgan.

Aniqlanishicha, xonadonda qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVV fuqarolardan kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qilishni, qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmaslikni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0