13:09 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Gavhar Sharipovaning vafotiga sabab boʻlgan YTH tafsilotlari maʼlum boʻldi

MVD
Hodisalar
Havola olish
158713

Gavhar Sharipova haydovchi bilan janjal oqibatida, harakatlanayotgan avtomobildan tushib ketib vafot etgan - IIV.

TOSHKENT, 20 noya – Sputnik. Aktrisa Gavhar Sharipova yoʻl transport hodisasi oqibatida vafot yetdi deb xabar qildi IIV Tergov departamenti.

Xabarda aytilishiga koʻra, Gavhar Sharipova 18 noyabrga oʻtar kechasi, Samarqand – Gʻuzor yoʻlining 140 kilometrida harakatlanayotgan yuk avtomobilidan tushib ketib vafot etgan. Bundan oldin Sharipova va haydovchi orasida oʻzaro kelishmovchilik boʻlgan,  aktrisa harakatlanayotgan avtomobil eshigini ochib tushib qolmoqchi boʻlganda ham haydovchi tezlikni kamaytirmagan. Oqibatda Sharipova turli jarohatlar olib voqea joyida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasi oʻzining dastlabki tekshiruvda, marhuma Sharipovaning oʻlimiga YTHga xos ogʻir tan jarohatlari sabab boʻlganini aniqlagan.

Ushbu holat yuzasidan Gʻuzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maʼlumot uchun, Gavhar Sharipova 2001 yilda Toshkent Sanʼat institutining “Drammaturgiya va teatr” faultetini bitirib Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatrida ishlagan. Tomoshabinlarga aktrisa oʻzining “Alpomish” va “Aldangan ayol” filmlari hamda “Opa-singillar” serialidagi rollari bilan tanilgan.  

Asosiy mavzular