01:47 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
183 0 0

Ayanchli hodisa Zomin tumani IIB 10-sonli boʻlinmasi binosidagi qurilishda sodir boʻldi. Hozirda viloyat prokuraturasi jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

TOSHKENT, 20 noya – Sputnik. Jizzaxda 7 nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, hodisa 19 noyabr kuni  Zomin tumani IIB 10-sonli boʻlinmasi binosida sodir boʻlgan. U yerda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.   

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namanganda is gazi uch kishini hayotdan olib ketgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular