08:09 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Xirurg

Oʻzbekistonliklar ichki organlarini Qozogʻistonda sotishgan

© Sputnik / Sergey Guneyev
Hodisalar
Havola olish
632 0 0

Qozogʻiston IIV xabariga koʻra, mamlakat hududida inson aʼzolari transplantatsiyasi sohasida jinoiy guruh faoliyat yuritgan. Pulga muhtoj boʻlgan oʻzbekistonliklar, qirgʻizistonliklar va ukrainlar oʻz buyraklarini sotishgan.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Qozogʻistonda politsiya xodimlari Chimkent shahridagi 1-sonli kasalxona bosh shifokori Abilay Donboyni qoʻlga olishdi. U JKning ikki moddasi boʻyicha: transmilliy jinoiy guruhda ishtirok etish va inson ichki aʼzolarini noqonuniy olishda gumonlanmoqda. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.

Sudga qadar surishtiruv davomida 2017-2018 yillarda mamlakat hududida inson aʼzolari transplantatsiyasi sohasida jinoiy guruh noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangan. Guruh tarkibiga boshqa davlat fuqarolari ham kirgan.

Donor sifatida moddiy sharoiti ogʻirligi tufayli oʻz aʼzolarini sotishga majbur boʻlgan Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Ukraina fuqarolari jalb etilgan. Ichki aʼzolarni xorijiy davlatlarning, asosan Isroilning oʻziga toʻq kishilari sotib olishgan.

Tergovda Abilay Donboy jinoiy guruh aʼzolari bilan til biriktirib, katta pul evaziga ichki aʼzolarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha noqonuniy jarrohlik amalyotlarini oʻtkazgani aniqlangan.

Avvalroq mazkur ish doirasida transplantolog shifokor Gani Kuttimuratov va jinoiy guruhning yana bir aʼzosi Qirgʻiziston fuqarosi Taysalova B.T. hibsga olingan.

Hozirda jinoyat ishini oxiriga yetkazish va sudga oshirish choralari koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular