21:31 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
261 0 0

Undan 172 dona 50 000 soʻmlik kupyuradagi pullar, rangli printerdan toʻliq chiqarilmagan 84 dona 50 000 soʻmlik kupyuradagi pullari musodara qilingan.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Qashqardaryoning Kasbi tumanidagi maktabning yoshlar yetakchisi qalbaki pullar ishlab chiqargani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 24 yoshli tuman maktablaridan birida yoshlar ittifoqi yetakchisi boʻlib ishlovchi B.A. tumandagi “Mugʻlon” MFY hududidagi oʻzi ijaraga olgan tikuvchilik tsexida, turli xil kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. 

Undan 172 dona 50 000 soʻmlik kupyuradagi pullar, rangli printerdan toʻliq chiqarilmagan 84 dona 50 000 soʻmlik kupyuradagi pullar, “EPSON” rusumli rangli printer va “LENOVO” rusumli noutbuk tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

A.Bdan olingan AV0304117 seriya raqamli 172 dona 50 000 soʻmlik kupyura “Davlat belgilisi” korxonasida tayyorlanmaganligi va rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlimi tomonidan A.B nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular