05:47 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
468 0 0

IIV huzuridagi Tergov departamenti Samarqandda doʻpposlab oʻldirilgan oʻqituvchi ishi yuzasidan yangi tafsilotlarni ochiqladi.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. IIV huzuridagi Tergov departamenti Samarqandda doʻpposlab oʻldirilgan oʻqituvchi ishi yuzasidan yangi tafsilotlarni ochiqladi.

Aniqlik kiritilishicha,  20 noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 28 yoshli fuqaro I. tanishi bilan birgalikda Samarqand shahar Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi avtobus bekati oldidan oʻtib ketayotgan A. ismli ayolga gap otishgan.  Ayolning yonidagi 2 nafar erkak tanishlaridan biri I.ning yuziga bir marotaba urgan.

Shunda A. oʻzining tanishiga qoʻngʻiroq qilib, ularni chaqirgan. Ayolning chaqiruviga 6 kishi kelgan. Ulardan ikki nafari ayollar boʻlgan.

Natijada ular qoʻl-oyoqlari bilan I.ning bosh qismi va tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib doʻpposlab, ogʻir tan jarohati yetkazishgan.

Tez tibbiy yordam shifoxonasining birlamchi maʼlumotnomasiga koʻra, I.ga “bosh miya suyaklarini ogʻir sinishi” tashxisi qoʻyilgan.

Tergov departamenti ushbu holat yuzasidan JKning 277-moddasi 2-qismi “b”  (Bezorilik) moddasi bilan ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va qolgan 6 nafar gumon qilinuvchilarga nisbatan tegishli ehtiyot choralarini qoʻllash masalasi koʻrilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Shuningdek, fuqarolardan mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov harakatlari yakuniga yetguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul izohlar berishdan saqlanishlarini soʻrab qolgan.

Rasmiy xabarda bildirilishicha, marhum I. 2016 yil 06 iyun kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlab, 2016 yil 02 sentyabr kuni Samarqand shahridagi 42-sonli umumtaʼlim maktabiga oʻqituvchi boʻlib ishga kirgan, 2017 yil 25 sentyabr kuni ishdan boʻshagan va Rossiga ishlash uchun ketib, 2018 yil avgust oyida qaytib kelgan.

2018 yil 03 sentyabr kuni yana shu maktabga oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. U rus sinflarida tarix fanidan dars berib kelgan. Joriy yilning 17 oktyabr kunidan buyon ishdan boʻshashligi haqida maktab direktorini ogʻzaki ogohlantirgan va maktabga ishga bormagan. Taʼkidlanishicha, u Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek va Shohrux koʻchalari kesishuvchi chorrahasida somsa sotish bilan shugʻullangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda oʻlasi qilib doʻpposlangan oʻqituvchi hayotdan koʻz yumgani va uning oʻlimida gumon qilinuvchi uch kishi qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Teglar:
ommaviy janjal, hodisa, Samarqand

Asosiy mavzular