15:14 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Ogon

Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini qutqarib qoldi

Pixabay
Hodisalar
Havola olish
55120

Peterburgliklar ijtimoiy tarmoqlarga yoʻlovchi avtobusi yonayotgani aks etgan videoni joylashtirishgan. Aniqlanishicha, yoʻlovchilar oʻzbekistonlik haydovchining tezkor va toʻgʻri harakatlari tufayli omon qolishgan.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini qutqarib qoldi. Bu haqda Spbdnevnik.ru sayti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 1 dekabr kuni peterburgliklar ijtimoiy tarmoqlarga yoʻlovchi avtobusi yonayotgani aks etgan videoni joylashtirishgan.

Xabarda salonda 50ga yaqin yoʻlovchi boʻlgani, jabrlanganlar va jarohat olganlar yoʻqligi aytilgan. Ellik kishi avtobusdan oʻz vaqtida chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Ular haydovchining tezkor va toʻgʻri harakatlari tufayli omon qolishdi. Oʻzbekistonlik 43 yoshli erkak kun qahramoniga aylandi, u korxonada uch yildan buyon ishlaydi, deya maʼlum qilgan “Tretiy park” OAJ matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 211-sonli yoʻnalishdagi avtobus haydovchisi “Chernaya rechka” metro bekatidan soat 11:40lar atrofida yoʻlga chiqqan, soat 12lar atrofida esa u avtobusning orqasida qora tutun paydo boʻlganini koʻrgan. Erkak “Baltiyets” mehmonxonasi yonida toʻxtab, birdaniga uchta eshikni ochib yuborgan hamda va evakuatsiya eʼlon qilgan.

“Tretiy park” OAJ ushbu hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani, avtobusdan chiqib ketgan yoʻlovchilar keyingi avtobusga chiqishganini tasdiqlagan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari oʻtkazilmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa sabablarini aniqlashtiradi.

Teglar:
hodisa, yongʻin, Sankt-Peterburg

Asosiy mavzular