16:16 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Linii elektroperedach.

Gʻuzor hokimligi 56 mln soʻmlik energiyadan noqonuniy foydalangan

© Sputnik / Sergey Malgavko
Hodisalar
Havola olish
171 0 0

Qashqardaryoning Gʻuzor tuman hokimligi oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Yetkazilgan zarar 55,8 mln soʻmni tashkil etgan.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Qashqardaryoning Gʻuzor tuman hokimligi oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Hujjatlarda hokimlikka qarashli binoda oʻrnatilgan hisoblagich dasturda oʻchirilganligi koʻrsatilgan boʻlgan. Bu haqda “Oʻzenergoinspektsiya”ning hududiy boʻlimi xabar qildi.

Hisoblanmagan energiya qiymati 124 214 kVt.soatni tashkil etgan, zarar – 55,8 mln soʻm.

Yana bir qoidabuzarlik Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli koʻcha chiroqlari elektr taʼminoti hisob nuqtalarini oʻrganishda aniqlangan. Bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz oʻzboshimchalik bilan ulanganligi aniqlangan, 4 tasida esa transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlangan.

Oʻrganish natijasiga koʻra jami 335, 6 mln soʻm (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilingan va undirishga yoʻnaltirilgan.

Mavzu boʻyicha

Qarshida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ 124,2 mln soʻm jarima toʻlaydi
Teglar:
Qashqadaryo, elektr energiyasi

Asosiy mavzular