TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Suriyaning Aleppo viloyati Kobani tumanida Rossiya harbiy politsiyasining patrullik yoʻnalishida portlash sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.
"Zirhlangan avtomobil yonida qoʻlbola portlash moslamasi ishlab ketishi oqibatida uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchilar jarohatlandi. Ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti", - deyilgan rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 22 oktyabrda Putin va Erdoʻgʻon ishtirokida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng Rossiya va Turkiya Suriyaning sharqiy hududida birgalikda patrul nazorasti ostiga olish haqida kelishuvga erishgan edi.