02:03 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mashina skoroy pomoщi

Margʻilon shahri hokimining sobiq oʻrinbosari oʻzini osib qoʻydi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
246 0 0

Fargʻona viloyati Margʻilon shahri hokimining sobiq oʻrinbosari oʻz uyidan osilgan holda topilgan. Ayni vaqtda Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Fargʻona viloyati Margʻilon shahri hokimining sobiq oʻrinbosari oʻz uyidan osilgan holda topilgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

“Fargʻona shahar IIB navbatchilik qismidan 30.11.2019 yil soat 11-00 larda kelib tushgan xabarga koʻra, 15.11.1984 yilda tugʻilgan Tuxtamatov Elyorbek Dilijonovichning yashash xonadoni yertoʻlasida kabeldan sirtmoq yasab, oʻzini oʻzi osib  vafot etgan”, - deyilgan maʼlumotnomada.

Ayni vaqtda Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Tuxtamatov 2018 yil 20 avgustda Margʻilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019 yil 2 aprel kuni oʻz xohishiga koʻra egallab turgan vazifasidan ozod etilgandi.

Asosiy mavzular