01:25 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mujchina v naruchnikax

Qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik Ukrainada qoʻlga olindi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
435 0 0

Qoʻlga olingan 23 yoshli yigit voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishda gumonlanmoqda. Interpol Toshkent shahar IIBBga 23 yoshli jinoyatchini qoʻlga olishga yordam berdi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Mirzo-Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga eʼlon qilingan Oʻzbekiston fuqarosi Ukrainada qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlariga jinoyatchini qoʻlga olishda Oʻzbekiston IIVdagi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, Interpoldagi hamkasblari koʻmaklashgan.

Aniqlik kiritilishicha, 23 yoshli S.A. Oʻzbekiston JKning 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) va 127-moddasida (“Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Hozirda jinoyatchi Toshkentga olib kelingan va sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qoʻllagan.

Mavzu boʻyicha

Oʻzbekistonda qidiruvga berilgan xavfli jinoyatchilar Rossiyada qoʻlga olindi
Teglar:
Ukraina, interpol, qidiruv

Asosiy mavzular