01:59 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbы

Umraga yuborilgan 14 nafar ziyoratchining vizasi soxta boʻlib chiqdi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov
Hodisalar
Havola olish
191 0 0

Umra ziyoratiga yuborilgan 14 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmay deport qilindi.

TOSHKENT, 4 dek  - Sputnik. Turfirma tomonidan Umra ziyoratiga joʻnatilgan oʻzbekistonlik ziyoratchilarning vizasi qalbaki boʻlib chiqdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 26 noyabr kuni Oʻzbekistondan Jiddaga yetib borgan  14 nafar ziyoratchilarning sayyohlik vizasi Saudiya Arabistoni chegara xizmati tomonidan qalbaki deb topilgan. Ziyoratchilar aeroporta toʻxtatib qolingan va qaytib Oʻzbekistonga deport qilingan.

Ular 27 noyabr kuni Oʻzbekiston Havo yoʻllari samolyotida Toshkentga qaytib kelishgan.Malum boʻlishicha ushbu ziyoratchilarning hujjatlari Andijonda joylashgan turistik firma tomonidan tayyorlangan boʻlgan.

Ushbu holatdan xulosa qilgan holda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita barcha ziyoratchilardan faqat rasmiy, xavfsiz va ishonchli “Umra ziyorati”dan foydalanishni tavsiya etgan.

Asosiy mavzular