TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Samarqandda FVV xodimlari ikki kishining hayotini saqlab qolishdi.
FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, 2 dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri A.Temur koʻchasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilgan va uyda yongʻin chiqanligi toʻgʻrisida xabar bergan.
Toʻrt daqiqadan soʻng voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va oʻt oʻchirish guruhi shaxsiy tarkibi yetib borib, zudlik bilan yongʻinni oʻchirishgan.
Taʼkidlanishicha, tezkor saʼy-harakatlar natijasida tutun bilan toʻlgan xonadon ichidan 1986 yilda tugʻilgan I.N. va uning qizi 2006 yilda tugʻilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim jablanmagan.
Yongʻin uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda