01:23 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
V odnom iz mnogoetajnыx domov 2-go mikrorayona goroda Andijana proizoshyol pojar.

Andijondagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

Sledstvennыy departament pri MVD Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
269 0 0

Hodisa 4 dekabr kuni soat 14:00larda roʻy bergan. Yongʻinga qoʻlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yongʻir sodir boʻldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hodisa bugun, 4 dekabr kuni soat 14:00larda roʻy bergan. Yongʻinga qoʻlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, uyning 4 ta xonadoni zarar koʻrgan.

“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa sodir boʻlgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yoʻq”, - deyilgan xabarda.

Hodisa sodir boʻlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Departament holat yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishini qoʻshimcha qilgan.

Teglar:
yongʻin, portlash, Andijon

Asosiy mavzular