01:31 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Deti i vospitateli detskogo sada

Bogʻchadan 180 mln soʻmlik talon-taroj qilgan mudira ishdan haydaldi

© Sputnik / Igor Zarembo
Hodisalar
Havola olish
237 0 0

Qibraydagi bogʻchada 180 million soʻmlik bolalar oziq-ovqatini talon-taroj qilgan mudira ishdan haydaldi.  

TOSHKENT, 4 dek  - Sputnik. Maktabgacha taʼlim vazirligi Qibraydagi 25-sonli bolalar bogʻchasida 180,4 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarining talon-toroj qilinganligi aniqladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Xususan, bogʻcha omborida 33 xil turdagi 21,6 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsuotlari kamomadi, 2018-2019 yillar davomida 4,1 tonna 134,7 mln. soʻmlik goʻsht hamda 7,9 ming litr 24 mln. soʻmlik sut mahsulotlari tarbiyalanuvchilarga berilmasdan oʻzlashtirib yuborilgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura Departamenti JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Toshkent viloyati MTB boshligʻining 27.11.2019 yildagi buyrugʻiga asosan Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi Z.S. egallab turgan lavozimdan ozod etilgan.

Asosiy mavzular