02:09 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Hodisalar
Havola olish
711 0 0

Yongʻin oqibatida qurilayotgan bino yertoʻlasida joylashgan taʼmirlash uchun olib kelingan teploizolyatsiya (penoplast) qurilish materiallari 150 kv.metr maydonda yongan

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Islom tsizilizatsiyasi markazidagi yongʻin boʻyicha maʼlumot berdi.

5 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumani Zarqaynar 14 berk koʻchasida joylashgan Islom tsivilizatsiyasi markazining yangi qurilayotgan binosida yongʻin sodir boʻlayotganligi bilan bogʻliq fotosuratlar hamda videolavhalar tarqaldi. Suratlarda  baxtsiz hodisa yerida toʻplangan odamlar va oʻt oʻchiruvchilarni koʻrish mumkin.

Oʻzbekiston FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasining xabar berishicha, holat bugun 5 dekabr kuni soat 16:38da sodir boʻlgan.

Yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga 10 ta asosiy yongʻin oʻchirish avtoekipajlari hamda 6 ta maxsus va yordamchi yongʻin oʻchirish texnikalari jalb etilgan.

“Birinchi boʻlinmalar chaqirilgan manzilga soat 16:44 yetib borgan va 16:54 da yongʻin qurshab olinib, soat 17:06 da toʻliq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan. Yongʻin oqibatida qurilayotgan bino yertoʻlasida joylashgan taʼmirlash uchun olib kelingan teploizolyatsiya (penoplast) qurilish materiallari 150 kv.metr maydonda yongan. Yongʻinning kelib chiqish sababi  va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”,- deyiladi xabarda.

Teglar:
Toshkent, yongʻin

Asosiy mavzular