07:32 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
516 0 0

Ishchilar koʻngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini koʻtarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan murojaat qilishgan.

TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan "ENTER ENGINEERING PTE. Ltd" qurilish kompaniyasining 65 nafar ishchisi yoppasiga ovqatdan zaharlandi.

13 dekabr kuni soat 8:30 dan 16:30 gacha viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 9 nafar va Nishon tez tibbiy yordam ilmiy markaziga 2 nafar ishchilar koʻngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini koʻtarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan murojaat qilgan. Oʻtkazilgan tibbiy koʻrikdan soʻng, ularga guruhli ovqatdan zaharlanish "Oʻtkir gastroenterit" tashxisi qoʻyilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat boʻyicha Respublika Cogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan, ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan isteʼmol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

2019 yil 14 dekabr soat 7:00 holatida oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida yana 54 nafar ishchilar faol aniqlanib shifoxonalarga olib kelingan.

"Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya boʻlimida 10 nafar, Gʻuzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam boʻlimida 2 nafar jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda. Bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari oʻrtacha, ogʻir bemorlar yoʻq. Dori darmonlar zaxiralari yetarli", - deyilgan xabarda.

Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

Taʼkidlanishicha, mazkur vaziyat sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Asosiy mavzular