TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Toshkentda fuqaroni firibgarlik yoʻli bilan chuv tushirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
IIBB xabariga koʻra, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Z.A. firibgarning tuzogʻiga ilinib, pul va tilla taqinchoqlaridan ayrilgani aytib, shikoyat qilgan.
Qizning soʻzlariga koʻra, 20 yoshli V.A. unga bir yigitni “isitib” berishni vaʼda qilgan. Xizmatlari evaziga undan 450 ming soʻm va umumiy qiymati 32,8 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarini olgan.
Ammo folbin oʻz vaʼdasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.