Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi

© MChSSotrudniki MChS pomogli passajiram avtobusa i legkix avtomobiley
Sotrudniki MChS pomogli passajiram avtobusa i legkix avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobus va yengil avtomobillar yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatildi va ko‘ngilsiz holatni oldi olindi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida yo‘lda qolib ketgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi.

Spasateli prishli na pomosh detam, zakritim v kvartire v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Termizda ikki bola uyda qulflanib qoldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14-dekabr kuni viloyat boshqarmasining navbatchilik qismiga “G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R” yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Viloyat FVB qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida “ISUZU” rusumli avtobus, “Cobalt” va  “Volga” rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0