00:58 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
495 0 0

53 yoshli ayol 2015 yil mart oyidan buyon firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi uchun qidiruvda boʻlgan.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Buxoro viloyatining Vobkent tumanida qidiruvda boʻlgan shaxs Rossiyaning Vladivostok shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston JKning 168-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015 yil mart oyida qidiruvga eʼlon qilingan 53 yoshli fuqaro T.N. xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Vladivostok shahrida ushlangan.

Soʻngra u Oʻzbekistonga yuborilgan. Hozirda jinoyatchi viloyat IIB 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan va sud oldida javob beradi.

Teglar:
qidiruv, Vladivostok, jinoyat

Asosiy mavzular