05:16 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
43510

Tezkor tadbirlar natijasida umumiy ogʻirligi 5 kg. 739 gr.dan ortiq geroin hamda opiyni ichiga yutgan holda olib oʻtmoqchi boʻlgan 7 nafar narkokuryerlar qoʻlga olingan. Ulardan toʻrttasi geroinni yoʻgʻon ichaklarida olib oʻtishga urinishgan.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Bojxonachilar yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh aʼzolarini qoʻlga olishdi.

Bojxona qoʻmitasi xabariga koʻra, “Toshkent” xalqaro aeroportida xorijiy davlatga parvozi oldidan 4 nafar xorijiy davlat fuqarolari – M.T., S.M., YA.A. va N.N.larning  qoʻl yuklari va egnidagi kiyimlari koʻzdan kechirilgan.

Ularning xatti-harakatlari va bezovtalanishlari eroportdagi bojxona postiga oʻrnatilgan inson tana aʼzolarini skanerlovchi “Body scanning” qurilmasi orqali koʻzdan kechirilishiga sabab boʻlgan. Qurilma ushbu yoʻlovchilarning yoʻgʻon ichak kanallarida yot jismlar borligini koʻrsatgan.

Oydinlik kiritish maqsadida ushbu shaxslar Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish Respublika ilmiy markaziga olib kelinib, shifokorlar tomonidan xolislar ishtirokida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Koʻrik natijasida ularning ichki aʼzolariga maxsus oʻramlar yashirilganligi aniqlandi va chiqarib olindi.

“Ekspertiza xulosasiga koʻra, 4 nafar narkokuryerlarning ichki aʼzolarida yashirilgan jami 268 ta oʻramlar ichida umumiy vazni 4 kg. 152,52 gr.ni tashkil etuvchi geroin giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Sotrudniki tamojennogo upravleniya Surxandarinskoy oblasti razoblachili kontrabandu krupnыx partiy narkoticheskix sredstv
Tamojennыy komitet RUz
Sotrudniki tamojennogo upravleniya Surxandarinskoy oblasti razoblachili kontrabandu krupnыx partiy narkoticheskix sredstv

Qayd etilishicha, Tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postida ham yana bir narkokuryer qoʻlga olingan.  M.M.ismli shaxsning ichki aʼzolarida 67 dona ovalsimon shakldagi oʻramlarda 1 kg 42 grammdan ortiq opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Shuningdek, bojxonachilar “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali xorijga yoʻl olgan S.M.ning qingʻir rejasini fosh etishgan. Shaxs oʻz ichki aʼzolariga 35 dona ovalsimon shakldagi oʻramlarda 544,75 grammdan ortiq geroin giyohvandlik vositasini yashirgan. Shundan soʻng unga mazkur giyohvandlik vositalarini yetkazib bergan jinoiy sherigi xorijiy davlat fuqarosi Q.R.ham ushlangan.

Tezkor tadbirlar natijasida umumiy ogʻirligi 5 kg. 739 gr.dan ortiqni tashkil etuvchi geroin hamda opiy giyohvandlik vositalarini ichiga yutgan holda olib oʻtmoqchi boʻlgan jami 7 nafar narkokuryerlar hamda mazkur jinoyatlarning asosiy tashkilotchilari boʻlgan 3 nafar xorijiy davlat fuqarolari qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur aniqlangan barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlar qoʻzgʻatilib, tergov organiga yuborildi.

Teglar:
Bojxona qoʻmitasi, giyohvand moddalar

Asosiy mavzular