02:26 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
374 0 0

Fuqaro birga yashab kelayotgan ayol bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Soʻngra ularning kayfi oshib, janjallashib qolishgan. Oqibatda erkak norasida goʻdakning umriga zomin boʻlgan.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Bosh prokuratura Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi qasddan odam oʻldirish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

Bolshoy Ferganskiy kanal imeni Usmana Yusupova
© CC BY-SA 4.0 / Carpodacus / Bolshoy Ferganskiy kanal (Karadarinskiy trakt) bliz goroda Andijan

Xabarda yozilishicha, 20 dekabr kuni tumandagi Shahriobod koʻchasida muqaddam sudlangan fuqaro V.K. birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Soʻngra ular oʻrtasida oʻzaro janjal yuzaga kelgan. Erkak jahl qilgan holda ayolning 4 yashar farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan.

Oqibatda voyaga yetmagan qizaloq vafot etgan. Jinoyatchi protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.  Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
Toshkent, Bosh prokuratura, jinoyat

Asosiy mavzular