09:56 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
541 0 0

Haydovchi bayonnoma rasmiylashtirayotgan YPX inspektoriga faol qarshilik koʻrsatgan. Uni haqoratlab, yuziga mushti bilan urgan. Natijada YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Jizzax shahrida haydovchi YPX inspektoriga qoʻl koʻtardi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, 2019 yil 31 dekabr kuni viloyati  I.Karimov koʻchasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori katta tezlikda harakatlanayotgan “Kaptiva” rusumli avtomobilni toʻxtatgan.

Haydovchining avtomobilni mast holda boshqarayotganligini gumon qilib, uni narkologiya dispanseriga olib borgan. Oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida haydovchining mastligi tasdiqlangandan soʻng maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik koʻrsatgan. Haydovchi inspektorni haqoratlab, yuziga mushti bilan urgan. Natijada YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyilib, haydovchi B.B. IIBga topshirilgan. Mazkur holat boʻyicha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular