Sud bloger Otabek Nuritdinovning kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud majlisida Abdufatto Nuritdinov ishtirokida jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilingan. Huquqbuzarning ko‘rsatmalari va himoyachisining muzokara so‘zlari tinglangan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Andijon viloyati ma’muriy sudining kassatsiya instansiyasi fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ning shikoyatini rad etdi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sud majlisida Abdufatto Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudining 30-dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida keltirgan shikoyati ma’muriy ish hujjatlari asosida Andijon viloyat ma’muriy sudi sudyasi D. Xalilov raisligida ko‘rib chiqildi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida Abdufatto Nuritdinov ishtirokida jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilingan. Huquqbuzarning ko‘rsatmalari va himoyachisining muzokara so‘zlari tinglangan.

Andijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov andijonlik bloger ishi yuzasidan munosabat bildirdi

“Sud ushbu ma’muriy ish materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rgangan holda, Abdufatto Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan shikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldirish va Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan 30-dekabrdagi unga nisbatan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lum qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 30-dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman IIB tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga oid Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgani haqida xabar berilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, Abdufatto Nuritdinov yuqorida keltirilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0