Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Obuna bo‘lish
Tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, M.Alimjonovning tanasida aniqlangan jarohatlar sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari turkumiga kirishligi aniqlangan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Yunusobod tumani prokuraturasi voyaga yetmagan M.Alimjonovning kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan M.Alimjonovning kaltaklanishi holati yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari o‘tkazilgan.

Kulak - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muxtorovaning o‘g‘li bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga oldi

Tekshirish davomida tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 04-yanvardagi xulosasiga ko‘ra, M.Alimjonovning tanasida aniqlangan jarohatlar sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari turkumiga kirishligi aniqlangan.

“Tekshirish yakuniga ko‘ra, 04.01.2020 yilda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0