Eronda Ukraina yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

© Obshestvo Krasnogo polumesatsa IranaKadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane
Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tehron aerportidan osmonga ko‘tarilgan Ukraina samolyoti halokatga uchradi, 170ga yaqin yo‘lovchilar qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Tehronning Imom Xomeyni xalqaro aeroportida Ukraina yo‘lovchi samolyoti quladi, deya xabar berdi RIA Novosti Eron aviatsiya vazirligi vakili Ja’far Zodega asosan.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga yo‘llanayotgan samolyot bortida 167 yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari yuborilgan. Ja’far Zode o‘z Tvitterida Qizil yarim oy jamiyati Tehron aeroportida qulagan Ukraina samolyoti qulagan joydan olingan fotosuratlarni joylashtirdi. Ularda samolyot qoldiqlari, kuygan qismlar va avariya joyida ishlayotgan odamlar ko‘rinmoqda.

Eron Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi direktori RIA Novostiga aytishicha,biron bir odam tirik qolish ehtimoli deyarli yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar yonishda davom etmoqda, qutqaruvchilar ularni o‘chirishga harakat qilmoqda.

​Reyter agentligi Eron televideniyesiga asoslanib, samolyot bortida bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lganini xabar qilmoqda.

Rossiyaning Tehrondagi elchixonasi qulagan laynerda Rossiya fuqarolari bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqida ma’lumotlarni aniqlamoqda.

Avvalroq Eronning Tasnim agentligi bortida 180 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Ukraina samolyoti Imom Xomeyni xalqaro aeroportida "texnik muammolar" tufayli halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lumotni aeroport rahbari tasdiqladi - u samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay qulab tushganini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yonib turgan, ortidan tutun qoldirib qulayotgan nuqta tasvirlari joylashtirildi. Guvohlar yozishicha, bu aynan Ukraina layneri.

Flight Radar portalining xabar berishicha, PS752 reysi Tehrondan Moskva vaqti bilan tong soat 5:42 da havoga ko‘tarilib ikki daqiqadan so‘ng (5:44 da) ma’lumot uzatishni to‘xtatgan. Shundan ko‘p o‘tmay u qulab tushgan.

Kiyev aeroportida Ukraina bortining Tehron yaqinida halokatga uchragani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

"Ha, bizda Tehrondan soat 8.00 (Moskva vaqti bilan 9.00) da bort kutilyapti. Hozircha hech qanday muammo yo‘q", - deya RIA Novostiga aeroport ma’lumotnomasida ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0