19:40 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62

Tehron xalqaro aeroporti yaqinida, Ukrainaning Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti qulagan joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Eng soʻnggi maʼulmotlarga koʻra fojeada 179 kishi qurbon boʻlgan.

Bugung tongda Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng halokatga uchradi. Samolyot bortida boʻlgan 170 nafar yoʻlovchi hamda 9 nafar ekipaj aʼzolari qurbon boʻlishdi. 

Ayni damda Ukraina prokuraturasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra fojeaga samolyot dvigatelining yonib ketishi sabab boʻlgan. 

Fojea sodir boʻlgan damda voqea joyiga Eron Qizil yarim oy jamiyati vakilllari ham da qutqaruv xizmatlari yetib kelishgan. Shu damda olingan xabarlarga koʻra, samolyotning barcha "qora qutilari" topilgan. Fojeaning aniq sababi mutaxassislar tomonidan barcha maʼlumotlar tahlil qilganidan keyin rasman eʼlon qilinadi. 

Oʻzbekiston, Rossiya va boshqa davlat rahbarlari Ukraina hamda Eron prezidentlariga oʻz hamdardliklarini bildirishdi. 

Yana video

Asosiy mavzular