22:10 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Hodisalar
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
586 0 0

Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan Ukraina yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida 176 kishi qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Tehronda qulab tushgan Ukrainaning Boeing samolyoti yer bilan toʻqnashishdan oldin alanga olgan. Bu haqda RIA Novosti Eron aviatsiya tashkiloti hisobotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Guvohlarning soʻzlariga qaraganda, olov samolyotdan koʻrinib turgan va uning fyuzelyaji boʻylab yoyilgan”, - deyiladi hujjatda.

Taʼkidlanishicha, samolyotning uchish trayektoriyasi nosozlik yuzaga kelgandan soʻng ekipaj uni ortga, aeroport tomon qaytarganini koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, uchuvchilar bortda favqulodda holat roʻy bergani haqida xabar qilishmagan.

Eslatib oʻtamiz, Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng halokatga uchradi. Fojia oqibatida 176 kishi kishi halok boʻldi. Yoʻlovchilarning aksariyati Eron fuqarolari boʻlishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afgʻoniston fuqarolari ham boʻlishgan. Ukrainada aviahalokat sababli motam kuni eʼlon qilindi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)
Teglar:
samolyot, Ukraina, aviahalokat, Eron

Asosiy mavzular