21:57 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
1294 0 0

Tumanning Qipchoq mahallasida 27 yoshli fuqaroning xonadoni yotoqxonasidan uning turmush oʻrtogʻi hamda ikki yasharlik qizining jasadlari topilgan. Uy egasining jasadi esa omborxonada osigʻliq holda topilgan.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Qoraqalpogʻistonning Amudaryo  tumanida ona va bolaning oʻldirilishi va xonadon egasining joniga qasd qilishiga qoʻl urishi yuzasidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati maʼlumot berdi.

xabarda yozilishicha, tumanning Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli S.D.ning xonadoni yotoqxonasidan uning turmush oʻrtogʻi F.SH. hamda ikki yasharlik qizi A.S.ning jasadlari topilgan.

S.D.ning yuzi, jagʻ va boʻyin sohasida turli tan jarohatlari boʻlgan holda topilgan. Voyaga yetmagan qizi A.S.da ham boʻgʻishga xos qotillik alomatlari boʻlgan.

Xonadon omborxonasidan esa uy egasi boʻlgan S.D.ning oʻz joniga qasd qilib, oʻzini oʻzi osib vafot etgan holdagi jasadi topilgan.

Holat yuzasidan  JKning 97-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirish) “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
Qoraqalpogʻiston, qotillik

Asosiy mavzular