21:47 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
598 0 0

Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushgan Yangiqoʻrgʻonlik bir nechta fuqarolar qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Namanganda terroristik tashkilotlar safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Ular terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilish maqsadida qurolli toʻqnashuvlarni davom ettirayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirishgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati maʼlum qildi.

Prestupnik za reshetkoy
© Sputnik / Vitaliy Belousov

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushgan Yangiqoʻrgʻonlik bir nechta fuqarolar qoʻlga olingan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelinganligi  maʼlum boʻlgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
Namangan, jinoyat, terrorchilar

Asosiy mavzular