Boysun hokimligida to‘ydagi “tomosha” muhokama qilindi

© MVDObsujdenie draki na svadbe v Baysune
Obsujdenie draki na svadbe v Baysune - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boysundagi to‘yda sodir bo‘lgan janjal katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, tuman hokimligida ushbu ish yuzasidan majlis o‘tkazildi.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Boysun tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda to‘ylarning birida sodir etilgan bezorilik harakatlari muhokama qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha,  2020 yil 4-yanvar kuni “Darband” mahallasida yashovchi fuqaro J.Qorjovov mahalla hududida joylashgan to‘yxonada  bezorilik harakatlarini sodir etgan. U mahalladoshi A. Sa’diyev bilan o‘zaro janjalashib, uning orqa o‘ng tomoniga  bir marotaba pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan. Olgan tan jarohati natijasida jabrlanuvchi Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

© MVDBoysun hokimligida to‘ydagi janjal muhokama qilindi
Boysun hokimligida to‘ydagi “tomosha” muhokama qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Boysun hokimligida to‘ydagi janjal muhokama qilindi

Mazkur holat yuzasidan J.Qorjovovga nisbatan JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Svadebniy kortej - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘y va marosimlarni o‘tkazishda ba’zi udumlardan voz kechildi  

Shuningdek, joriy yilning 8-yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimligi majlislar zalida yuqoridagi yuz bergan  ko‘ngilsizlik va uning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Ushbu holatning yuz berishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilinib, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining 2019-yil, 14-sentabrdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qarorda To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida aytib o‘tilgan. 

Yangiliklar lentasi
0