10:06 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
188 0 0

12 yanvar kuni ichida 53 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgan. Boshqa YTH oqibatida esa bir oʻzbekistonlik halok boʻlgan.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) bosh konsulxonasi 12 yanvar kuni ichida 53 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.

TIV xabariga koʻra, avtobus Samara-Chimkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan boʻlgan.

Qayd etilishicha, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da avtobusning taʼmir ishlari yakunlangach, avtobus harakatini davom ettirgan.

Bosh konsulxona, shuningdek, 13 yanvar kuni Aqtobe – Orenburg trassasida yoʻl-transport hodisasi yuz berganini xabar qilgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida voqea joyida haydovchi, Oʻzbekiston fuqarosi YE.M. halok boʻlgan, yana bir Oʻzbekiston fuqarosi I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozogʻistonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Asosiy mavzular