10:05 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
31810

Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi qarzdordan shu tumanda yashovchi arizachining 119,1 mln. soʻmlik omonati undirib berildi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi qarzdordan shu tumanda yashovchi arizachining 119,1 mln. soʻmlik omonati undirib berildi. Bu haqda Respublika Majburiy ijro byurosi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro M.Shukurova 14.02.2018 yildan buyon fuqaro Z.Bobomurotovadan olgan  119,1 mln. soʻmlik omonatini qaytarmay kelgan.

Denov tumanlararo sudining 14.02.2018 yildagi qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha Byuroning Termiz shahar boʻlimida ijro ishi yuritilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy holatini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga soʻrovnomalar yuborilib, olingan javob xatlarida qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulklar yoʻqligi aniqlangan. Shunga koʻra qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtinchalik cheklangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, ijro hujjatida koʻrsatilgan 119,1 mln. soʻm miqdoridagi qarzdorlik summasi toʻliq undirilib berilgan.

Asosiy mavzular