11:31 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
44910

"Samarqand - Qarshi" yoʻlida sodir boʻlgan YTHlarda 15ga yaqin avtomobil ishtirok etgan. Qurbonlar yoʻq, bir necha kishi oʻrta va yengil jarohatlar olgan.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Kecha, 13 yanvar kuni “Samarqand – Qarshi” yoʻlida sodir boʻlgan yirik YTH haqida xabar bergan edik. YHXBB ushbu voqea tafsilotlarini maʼlum qildi.

Voqea soat 13:10 da,  Samarqand viloyati Nurobod tumani hududida A-378 yoʻlining 19 kilometrida sodir boʻlgan. “Kamaz” rusumli yuk avtomobili haydovchisi T.U. “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib borayotib, qalin tuman tushganligi, qor yogʻayotganligi va koʻrinish cheklanganligi sababli yoʻlning oʻng chetiga toʻxtamoqchi boʻlgan. Shu vaqtda orqada harakatlanib kelayotgan “Ford” rusumli avtomobil haydovchisi E.T. yoʻlning qatnov qismi muzlaganligini inobatga olmaganligi oqibatida “Kamaz” rusumli avtomobilning orqa qismiga urilgan.  

Shundan soʻng, ushbu avtomobil orqasidan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi S.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli va yana 10 ta turli rusumdagi yengil avtomobillar yoʻlning sirpanchiqligi tufayli ketma-ketlikda toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etishgan. YTH oqibatida “Ford” va “Neksiya” avtomobillari yoʻlovchilari yengil tan jarohatlari olishgan.

Oradan taxminan 5 daqiqa vaqt oʻtib, hodisa sodir boʻlgan joydan 300 metr orqada Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi, 1990 yilda tugʻilgan haydovchi E.B. “Neksiya-2” rusumli avtomobilni “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida boshqarib borayotib, yoʻlning qatnov qismidagi muzamaliklarni inobatga olmaganligini natijasida shu yoʻnalish boʻylab oldinda harakatlanib borayotgan qozogʻistonlik haydovchi boshqaruvidagi “Mersedes-Bents” rusumli yuk avtomobili yarim tirkamasining orqa qismiga urilgan. 

Natijada: “Neksiya-2” haydovchi B.E. “oʻng bilak sohasini sinishi”, yoʻlovchisi N.X. “koʻkrak qafasi yopiq shikastlanishi, qovurgʻa suyaklarining sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shunindek, yoʻlovchilari Q.B. va R.CH.larning yengil darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilishgan va uylariga javob berilgan.Ushbu yoʻl-transport hodisalari oqibatida hech kim vafot etmagan.Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu munosabat bilan, YHXB haydovchilardan murakkab ob-havo sharoitida transport vositasini boshqarishda yanada ehtiyotkor boʻlishni, zarurat boʻlmaganda tunda harakatlanmaslikni soʻraydi.

Asosiy mavzular