Sho‘rchida g‘aznachi sheriklari bilan maktab internatini talon-taroj qildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq g‘aznachi va uning sheriklari 278 nafar xodimlarning jami 117,8 mln. so‘m ish haqlarini naqd shaklida olishgan.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi maktab g‘aznachisi va uning sheriklari 278 nafar xodimning ish haqlarini naqd shaklda o‘zlashtirib yuborishgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chadan 180 mln so‘mlik talon-taroj qilgan mudira ishdan haydaldi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan tumandagi 125-sonli maktab internatining moliyaviy faoliyati o‘rganilgan.  

Natijaga ko‘ra, maktab internatning sobiq g‘aznachisi bo‘lgan Q.N. va boshqalarning  hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 278 nafar xodimlarning jami 117,8 mln. so‘m ish haqlarini naqd shaklida olishib, o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari  aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Q.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0