“Paxtaobod paxta tozalash”ning “I operatsiyasi” o‘xshamadi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMXlopok-sires
Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Paxta tozalash zavodining 2019-yil paxta hosilini qabul qilishda soxta ma’lumotlar tuzganligi va katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Mazkur paxta tozalash zavodining 2019-yil paxta hosilini qabul qilishda soxta ma’lumotlar tuzganligi va katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston paxta sanoati - Sputnik O‘zbekiston
Paxta boyligi: xom ashyodan tayyor mahsulotga

Qayd etilishicha, hodisa 2019-yil paxta hosilini qabul qilishda yuz bergan.  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Natijada  “Paxtaobod paxta tozalash” AJning mansabdor shaxslari va boshqalarning o‘zaro til biriktirib, 15 fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xom ashyosining maskanga topshirilganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tuzganliklari ma’lum bo‘lgan.

Shovvozlar ushbu qing‘ir yo‘l orqali  90,5 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan “Paxtaobod paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0