16:46 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
84010

Ushbu holat Fargʻona tumani hududidagi harbiy poligonda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilayotgan vaqtda roʻy bergan.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. IIV YHXBB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimi va fuqaro bilan boʻlgan holatga munosabat bildirdi. Videoda xodim fuqaroni yerga yiqitib, avtomobilga oʻtqizmoqchi boʻlgani tasvirlangan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu holat Fargʻona viloyati Fargʻona tumani hududidagi harbiy poligonda 2020 yilning 11 yanvar kuni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilayotgan vaqtda roʻy bergan.

Tadbir sabab YPX xodimlari “Fargʻona-Chimyon” yoʻlini yopishgan vaqtida Oqbilol qishlogʻidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilarini poligondagi tadbirga oʻqituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan.

YPX inspektori maktab oʻqituvchilariga tadbir sababli yoʻl yopilganligini, rahbarlardan ruxsat soʻrash kerakligini aytgan. Oʻqituvchi esa “menda ruxsatnoma bor, oʻtishim kerak” deb inspektorga qoʻpol muomila qilgan va inspektor bilan maktab oʻqituvchisi oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Birlamchi maʼlumotga koʻra, maktab oʻqituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni yerga yiqitib, patrul avtomobiliga oʻtqizmoqchi boʻlgan.

Mazkur holatni IIV YHXBB nazoratga olgan va ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Teglar:
Fargʻona, hodisa

Asosiy mavzular