10:36 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
144 0 0

Yongʻin joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. Yongʻin mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik tufayli sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentdagi yongʻin oqibatida  78 yoshli fuqaro qurbon boʻldi.

Toshkent shahar FVB xabariga koʻra, yongʻin Yakkasaroy tumani  SH.Rustavli koʻchasidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Yongʻin-qutqaruv jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat yetib borgan va yongʻinni bartaraf etilgan. Yongʻin joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yongʻin natijasida 78 yoshli erkak kishi halok boʻlgan.

Yongʻin mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik tufayli sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular