Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi: jarohatlanganlar bor

Obuna bo‘lish
Uchtepa tumanidagi Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasida “Cobalt”, ikkita “Matiz Spark” va “Nexia-3” avtomobillari ishtirokida yirik YTH ro‘y berdi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 5 ta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

DTP na trasse Samarkand - Karshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda o‘nlab avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 14-yanvar kuni 102 raqamiga Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasida YTH yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. “Cobalt” avtomobilining 37 yoshli haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan “Matiz”, “Spark”, “Matiz” va “Nexia-3” avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida jami 4 kishi – “Cobalt” haydovchisi Tohir T., “Matiz” haydovchisi Bekzod I. va uning yo‘lovchisi hamda boshqa bir “Matiz” avtomobili yo‘lovchisi 26 yoshli Asror J. tan jarohati olgan.

Hozirda “Cobalt” avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan boshqa mashinalarga urilishining sababi aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0